avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Zafar Maxmatmuradov

Мақолалар

Mening Bobom

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
 Insho «Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri».
Reja
1.Buyuk jasorat ko’rsatgan bobolarimiz
2.Yurtimizda keksalarga qaratilgan e’tibor
3.Keksalarimiz duoi bilan yurt yashnar
,,Qarisi bor uyning parisi bor’’ (Maqol) Hurmatli Prezidentimiz Islom Abdig’aniyevich Karimov ,,Yuksak manaviyat- yengilmas kuch’’kitobida buyuk ajdodimiz Mir Alisher Navoiyga shunday ta’rif berganlar ,,Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. Alisher Navoiy bobomiz yurtning eng oqil, eng dono inson bo’lganlar. Nafaqat Alisher Navoiy balki, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va boshqa bobolarimiz shular sirasidadir. Yurtimizda keksalarga juda katta e’tibor qaratilmoqda.2015-yili ,,Keksalarni e’zozlash yili’’deb nomlanishi yaqqol isbotidir.Xalqimizda bir gap bor ,,Qariyalar-xonadonlarimizning ko’rki, fayzi va farishtalari’’dir.Bu gap ham bejizga aytilmagan.2015-yil bunday nomlanishi keksalarimiz ya’ni bobo,buvilarimizga olam-olam quvonch keltirdi.Biz ularni qancha hurmat qilsak, qancha e’zozlasak ham kam. Ular bizdan ko’ra ko’proq mashaqqatlarni boshlaridan kechirganlar. Yurtimizda mehr-muruvvatga muhtoj keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Ularning salomatligi biz uchun eng muhimdir. Urush yillarida urushga brogan mehnat faxriylariga Prezidentimiz tomonidan medal va estalik sovg’alarini topshirdi. Boquvchisini yo’qotgan keksalarga yetarli darajada yordam berilmoqda. Mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun hamma narsa muhayyo.

Qariyalarni qadirlash yiliga

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
 Insho ,,Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri’’
Reja:
1. Keksalarni e’zozlash eng oliy qadiryat
2. Qarisi bor uyning barakasi bor
3. Qari bilganni pari bilmas
Keksalarni e’zozlash eng oliy qadiryat demakdir.Bu so’z milion martalab isbotlangan.Haqiqatdan ham yurtimizdagi keksalarni qanchalik e’zozlasak yurtimiz shunchalik shuhrat topmoqda. Keksalar yurtimizning farovonligi uchun uning doim gullab-yashnashi uchun o’z qo’llarini duoga qo’l ochadilar.Ollohga ming marta shukurlar bo’lsin,shu aziz insonlar uchun bizlar to’kis hayot kechirmoqdamiz. Shu yili muhtaram yurtboshimiz tomonidan ,,Keksalarni e’zozlash’’ yili deb e’lon qilindi. Yurtimizning har bir go’shasida nuroniy keksalarimizni hurmat qilishadi. Ularning duolarini olishadi. Zero, keksalarimiz omon ekan yurtimiz ham tinch va osudadir. Ma’lumki, tinchlik har bir yurtda birinchi o’rinda turadi. Chunki, tinchlik bo’lmasa shon-shuhratning umuman keragi bo’lmaydi. Aziz keksalarimiz ikkinchi jahon urushida tinchlik so’zining ma’nosini anglaganki, albatta o’sha davrda tinchlikni birinchi o’ringa qo’yishgan. Shuning uchun hozir ham ular o’z qo’llarini faqat tinchlik so’zini tilab qolgan holda duo qilishadi. Ikkinchi jahon urushida omon qolgan insonlar hozirda bizning buyuk e’zozlashga loyiq bobolarimizdir.Ularga Prezidentimiz tomonidan ko’pdan –ko’p sovg’alar va ordenlar berilmoqda. Yyrtboshimiz shu yil 2015-yil 6-martdagi 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risidagi farmonni amalga oshirdi. Bu farmon yurtimizdagi keksalarni juda xursand qildi.Yana ko’pdan-ko’p duolarni yurtimiz tomon yo’lladi. Qarisi bor uyning barakasi bor. Haqiqatdan ham men bu so’zning guvohi bo’lganman.Chunki, bobomva momom borligida uyimizdan mehmon izi uzilmasdi. Men bundan juda ham xursand bo’lardim. Xalqimizda bir maqol bor. ,,Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan’’-deb aytadi xalqimiz. Albatta nuroniy keksalarni izzat-ikrom qilgani kim bormaydi.Ularning duolari doim ollohimiz tarafidan inobatga olinadi. Farishtalar ham ularnio’ng taraflaridan qo’llab-quvvatlaydi.Keksalarimiz borki, yurtimizda to’kin-sochinlik va qut-baraka bor.Yoshlarni ibratli hamda foydali maslahatlari ularning kelajakda yetuk inson bo’lib yetishishlariga o’zlarining katta hissalarini qo’shadilar.Men keksalarimiz haqida shuni aytmoqchi edim.O’zi o’lsa o’lar, so’zi o’lmaydi.Hamisha barhayot aziz insonlar.Haqiqiy insonning qabri bo’lmaydi.Yurakka ko’milar aziz insonlar.Shunday ekan inson doim shu samimiy xislatlarga ega bo’lishi uchun intilishi zarur. Qariyalarimz xuddi shu insonlar toifasidandir.Shuning uchun ham hamisha yurtimiz barakali yurt hisoblanadi. Qari bilganni pari bilmas.Albatta keksalarimiz umri davomida orttirgan ibratli va foydali maqollarini yoshlarga uqtirishga harakat qiladilar. Yoshlarimiz esa shu insonlarni foydali maslahatlarini deb doim yuksak cho’qqilarga erishadilar.Bundan yurtimizga katta obro’-e’tibor olib beradi.Yoshlarning har bir erishayotgan yutiqlari faqatgina keksalarimiz va muhtaram Prezidentimiz tomonidan deb o’ylayman.Chunki, keksalarimiz yoshlarga qancha foydali maslahatlar aytsa,yurtboshimiz uni shunchalik bajarishga qulay imkoniyatlar hamda yetarlicha shar –sharoitlar yaratib beradi.Shuning uchun ham men eng avvalo minnatdorchiligimni aziz keksalarimiz va muhtaram yurtboshimga bildiraman. Mening xulosam shundan iboratki, keksalarimiz bor ekan, doim tinch va farovvon hayot kechiramiz. Ularning duosi orqali yurtimiz yuksak cho’qqilarga erishadi. Biz O’bekiston yoshlari bundan ham teran fikirlovchi va yurtimiz shon-shuhratini ko’klarga ko’taruvchi O’bzekiston yoshlariga aylanamiz.
Qashqadaryo Viloyati Dehqonobod tumanidagi 23-umumiy o’rta talim Maktabining 9-sinf O’quvchisi Jonqo’ziyeva Saidaning ,,Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri” mavzusida yozgan inshosi +998941758966

Bobo va momolarimizni qadrlaylik

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
 
 
Insho
,,Mening    bobom,  buvim-  mahallamiz   faxri’’
                                  Reja:
1.      Kirish qismi: Mahallamizdagi  keksalar
2.      Asosiy qismi:
1.      Qariyalari qadr topgan yurt.
2.      Qariyalar – faxrimiz
: Keksalarni ezozlash ulug’ burchimiz. 
                                                               So’zi hikmat,
                                                               Hayoti ibrat.
  Bizning mahallamizning  nomi Yangiobod. Mahallamizda qariyalar hurmat qilinadi, e’zozlanadi. Qariyalarga yordam beradi. Mahallamizda qariyalar ko’p. Ular Omon bobo, ochil bobo, Baxtiniso aya, ro’zi bobo, Komila  aya,va   o’ktam  bobo. Biz ularni hurmat qilamiz. Ularning nasihatiga quloq solamiz. Ularnining aytgan ishlarini bajaramiz Mahallamiz shu keksalar bilan obod  chiroyli  va ko’rkamdir. Mahallamizda  biror
Ishni   boshlasak  ham  birinchi  bo’lib  ulardan  maslahat  so’raymiz. Keyin  ulardan  ishni  boshlaymiz  chunki  ular  bizni  yaxshilikka  yetaklaydilar.  Maslahatini  bizdan  ayamaydilar. Bizning  uyumizni
Ko’rki  bobom  va  buvim. Ular  bizga  mehribonlar.
Biz  esa  ularning  duosini  olamiz.  Baxtimizga  ular
Sog’  bo’lsin.  Bobom  o’qituvchi   bo’lgan.  SHuning
Uchun  o’quvchilar  bobolarimizning   oldiga  tez kelib 
turishadi. Bobom  ham   ularga  nasihat  beradilar  ishlariga  omad  tilaydilar.   O’quvchi  bilmaydigan  narsalarni   bobomdan  so’rashadi.  Bobom  ham  ularga  yaxshi  maslahat  beradilar.  SHuning  uchun 
o’quvchilar  bobomning   oldiga  tez-tez  kelib  turishadi.  Biz  ham  qariyalarni  e’zozlashimiz  kerak.
   Bizda  an’anga  aylanib  qolgan  yaxshi  bir  odat  bor.
Bu kirib kelgan  yangi  yilimiz o’ziga  xos  tarizda  nomlanishdir.   Davlatimiz   rahbari  konistitutsiyaning
22-yilligiga  bag’ishlangan  tantanali marosimda  ‘Bugun  faxriylarimizning  ,xurmatini  joyiga  qo’yish 
har qaysi  keksa  odamning   yuragiga  yetib  borish 
ko’nglini  ko’tarish   shu  bilan  birga ,   ularning  hayotini  mazmunli  qilish  yo’lida  olib  borilayotgan 
ishlarimizni  kuchaytirish  samarasini  oshirish  zarur ’’
deya  takidlagan  edilar  va  2015-yilni  ‘Keksalarni 
ezozlash   yili’  deb   nomlanishi  ham  taklif  qilingan 
edilar.  Maskur  taklifni  keng  jamoatchilik   yuksak  etirof  sifatida  qilgan  edilar.  Darhaqiqat  o’zbek  xonodonida   farzand  tarbiyasi  xuxusida  so’z  borganda  keksalarning  o’rni,  ularning  pand  nasihatlari  va  hayot  tajribasiga   tayaniladi. Bobo  va  buvi  tarbiyasini  olgan  o’g’il  qiz  borki,  qalbida  mehir
muhabat,  atrofidagalariga  izzatda  bo’lishga  intiladi.
Ularning  har  aytgan  so’zini  hayotida muhum kasib etib to’g’iri va halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi. SHuningdek qariyalar qadir topgan mana shu yurt bag’rida unib o’sayotgan har bir o’g’I va qiz xamisha xamisha  xalq  xizmatida  bo’lish zalqining  olqishini  olishga  intillib yashaydi.Kattalarni  xurmat  kichiklarga  izzat  tuyg’usi
Bizning  qon  qonimizga  sinkib  ketgan  ham  bejis  emas  albatta .  Yoshlarimiz  Hamish  keksalarni  ardaqlashadilar.  Ularning  yumushlariga  ko’maklashib
Og’irini  yengil  qiladilar. Buni  yaxshi  tushingan  qalban
His qilgan  harbir  inson  borki  albatta  keksalarni  ezozlaydi.  Ularniborida  qadirlaydi.  Niyat  qilamiski 
Keksalarimiz  sog’  omon  bolsin.  Ularning   duvolari  Hamish  yuzimizni   yorug’,  yo’limizni  farovan  qilsin.
Zero, shuni  unitmangki,  qarisi  bor  uyning  parisi bor.
     Mustaqillik  xalqimizning   azaliy  ananalarimizning 
tiklanishiga  keng  imkoniyatlar  yaratildi.  Yoshi  ulug’
insonlarga  alohida  hurmat, ehtirom  ko’rsatish ularning og’irini engil qilish, salomatligini asrash, boy hayotiy tajribasidan yoshlar kamolati samarali foydalanish o’zbek xalqining ezgu qadriyatidir. Shuni aytish kerakki nuroniy otaxon va onaxonlari bo’lmagan o’zbek xonadonining  o’zi ham topilmaydi. Shu kunlarda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlarning o’zi 3 million nafarga yaqin kishini tashkil etdi.
Keksalar izzat hurmatda bo’lib doim marakalarimizning fayzi, davralarimizning ko’rki bo’lib kelmoqdalar. Keying paytda ularning dam olishlari, salomatliklarini tiklash uchun keng imkoniyatlar bois, yanada uzoq va mazmunli hayot kechirmoqdalar.
 
Biz keksalarni e’zozlashimiz kerak, ularning boriga shukur qilishimiz kerak. Ayni kunlarda tinch va osoyishta hayotimizni barpo etishga beqiyos xizmatlari so’nggan, mo’tabar keksalarimizning farovon va munosib umr kechirishlari uchun xonadondagi har bir inson qayg’uradi. Chunk iota-onalarning yaxshi yashashlari maqsadida keng ko’lamli chora tadbirlar amalga oshirish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimizdir. Bunday insonlar butun mahallaning, tumanning faxriga aylanib bormoqda. Biz keksalarga hurmatda bo’laylik ularning duolarini olaylik, ularga sog’lik-salomatlik tilaylik.
Qashqadaryo     viloyati
Ø  Dehqonobod     tumanidagi       
23-umumiy  o’rta  ta’lim
Maktabining   8-sinf  o’quvchisi
Allaberdiyeva    Feruzaning
,,Mening   bobom,  buvim-
mahallamiz   faxri’’  mavzusida
 
yozgan      inshosi

Tanlov 2015

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
 
Mening bobom va buvim — mahallamiz faxri
Reja: 1. Bugungi dorilomon kunlarga shukrlar bo’lsin.
2. Keksalarning ibratli hayot yo’li – farzandlar uchun ta’sirchan tarbiya vositasidir.
3. Qariyalar – nafaqat xonadonimizning, balki, mahallaning ham fayzi va farishtasidir.
“ Hech kim jamiyatimizda o’zini yolg’iz sezmasligi, hech kim e’tibordan chetda qolmasligi lozim.” (Islom Karimov) Qaysi davrada bo’lmaylik, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz o’tgan umrini eslab, tinch va farovon o’tayotgan har kun uchun shukronalik bildirayotganini ko’ramiz. Ular shunday obod va ozod yurtda xotirjam umrguzaronlik qilayotganini, farzandlari kamolini ko’rayotganini quvonch bilan tilga olishadi. Darhaqiqat, istiqlol yillarida inson, ayniqsa, mehr-e’tiborga muhtoj insonlar qadr topdi. Xususan, 2015-yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi buning isbotidir. Natijada mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun yanada katta e’tibor qaratilmoqda. Keksalarimizga yaratilayotgan bugungi shart-sharoitlar bilan mustamlaka davrimizdagi holatni solishtiradigan bo’lsak, qandaydir achinish hisi paydo bo’ladi. Chunki, o’sha yillarda qariyalarga bo’lgan munosabat chidab bo’lmas darajada edi. Ammo, u kunlar ortda qoldi. Shunday kunlarni eslaganimizda esa istiqlolning naqadar ulkan mayoq, qudrat ekani namoyon bo’ladi. “Qarisi bor uyning parisi bor”,- deydilar. Zero, keksalari bor xonadonda quvonch, fayzu baraka, xotirjamlik bo’ladi. Bobo-buvisi bilan birga yashaydigan bolalar milliy urf-odatlarni hurmat qiladigan, odobli farzand bo’lib ulg’ayishadi. Chunki, yoshi ulug’, ko’pni ko’rgan boboyu-buvijonlarimizning katta hayotiy tajribasi, mushohadakorligi, mehr-oqibat kabi fazilatlari biz yosh avlodlarning har jihatdan barkamol bo’lib ulg’ayishimizda muhim o’rin tutadi. Ular bizning yaxshi inson bo’lishimizni istashadi va doim duo qilishadi. Shu bois ularning qadriga yetishimiz kerak. Qariyalarimiz – xonadonimiz fayzi. Bu hikmat necha-necha asrlar silsilasida o’zini oqlab kelayapti. Binobarin keksalarni e’zozlash, ularga xizmat ko’rsatish, ulardan o’rnak olish xalqimizga xos fazilat. Yoshi ulug’lar qadrlangan yurtda tinchlik bo’ladi, undan fayzu baraka arimaydi. Shukronalik bilan yashamoq – ulug’ ne’mat, oliy saodatdir. Shu ma’noda mo’tabar qariyalarimizning duosini olish, tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish va shukronalik tuyg’ularini his etish insonga kuch-quvvat bag’ishlaydi, yangidan yangi bunyodkorliklarga chorlaydi. Bir so’z bilan aytganda, bugungi tinch va obod hayotimizni barpo etishda hissa qo’shgan, ota-onalarimiz, bobo-buvilarimiz, mo’tabar keksalarimizning farovon va baxtli umr kechirishlari uchun keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish barchamizning burchimiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xonadonlarimiz ko’rki bo’lgan piru badavlat keksalarimizni hurmat-izzat qilish, e’zozlash kerak. Ular duosini olsak, ko’nglini xushnud etsak, savob ish qilgan bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”,- deyilganligi mamlakatimizdagi qariyalarga bo’lgan e’tiborning dalilidir. Boboyu buvilarimiz duosini olaylik. Zero, xalqimiz aytganidek: “Ulug’lar duosi ijobat bo’lgay”.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 23-umumiy o’rta ta’lim
maktabining 9-sinf o’quvchisi Ashurova Lobarning
“ Mening bobom va buvim — mahallamiz faxri”
 
mavzusida yozgan inshosi